AsosiySport
4996

Pelening portreti 520 ming evroga baholangan

'Pelening portreti 520 ming evroga baholangan'ning rasmi

Kilian Mbappe yarim million evrodan ortiqroqqa Pelening portretini sotib oldi. 16 may kuni ”PSJ“ futbolchilari Artsurial tomonidan tashkil etilgan xayriya auksionida ishtirok etishdi. Bu haqda zamon.uz xabar bermoqda.

2023 yilda ko`cha rassomi Hopare tomonidan 200x150 sm o`lchamda chizilgan «Qirol» nomli kartina kimoshdi savdosida 5 ming evro boshlang`ich narx bilan qo`yildi.

Dastlab unga 6 kishi da`vogarlik qildi. Narx 300 ming evroga chiqqanidan keyin Mbappe va himoyachi Ashraf Hakimi kurashni davom ettirishdi. Kilian jamoadoshidan yuqori narx aytib, 520 ming evro to`ladi. Bu — oqshomning eng katta xaridi. Xayriya tadbiri jami 2,7 mln evro yig`di.

Ta`kidlash kerakki, kartina bir yil avval ham xuddi shunday kimoshdi savdosiga qo`yilgan va hatto sotilgan, biroq uning natijalari parijliklar darvozaboni Serxio Rikoning otdan yiqilib tushishi natijasida olgan jiddiy jarohati tufayli bekor qilingandi

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar