AsosiyJamiyat
1966

Toshkent viloyatida 5 yoshli bola o`raga tushib ketdi

'Toshkent viloyatida 5 yoshli bola o`raga tushib ketdi'ning rasmi

Toshkent tumanida suv krani uchun o`rnatilgan kichik o`raga tushib ketgan 5 yoshli bola qutqarildi. Bu haqda FVV xabar berdi

Holat Toshkent tumani “M.Fozilov” mahallasida joylashgan uylarning birida sodir bo`lgan. Ushbu uy egasining 5 yoshli nabirasi ehtiyotsizlik va nazoratdan chetda qolgani sababli hovlisidagi suv krani uchun o`rnatilgan kichik o`raga tushib ketib, tizza bo`g`imlari bukilgan holda siqilib qolgan.

Dastlab uy egalarining o`zlari bolani o`radan chiqarib olishga harakat qilishgan, ammo barcha ishlar samarasiz bo`lgan. Shundan so`ng zudlik bilan aytilgan manzilga etib borgan qutqaruvchilar maxsus qutqaruv asbob-anjomlari yordamida o`radan bolani hech qanday talafotlarsiz, sog`-salomat chiqarib olib, yaqinlariga topshirgan. Bolaning ahvoli yaxshi bo`lgani sababli tibbiyot xodimlariga murojaat qilinmagan.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar