1

Muammoli kreditlar 2 barobar ortishi mumkin

Iqtisodiyot 14.09.2020, 14:48
Muammoli kreditlar 2 barobar ortishi mumkin

Bugungi kunda bank tizimida muammoli kreditlarning ulushi yil boshidagiga nisbatan 0,9 foiz bandga oshib, 2,4 foizga etibdi. Ularning 77 foizini korporativ mijozlarga, 23 foizini esa jismoniy shaxslarga ajratilgan kreditlar tashkil etadi. Bu holat pandemiyaning ta`siri sifatida baholanmoqda.

Markaziy bank tomonidan yaqinda o`tkazilgan stress-test natijalari pul tushumi keskin kamaygan 10 mingdan ortiq korxona jalb qilgan kreditlarning o`z vaqtida to`liq so`ndirmasligi tufayli muammoli kreditlar yil yakuniga qadar 2 barobarga ortib, ularning kredit portfelidagi ulushi 7,6 foizga etishi mumkinligini ko`rsatmoqda.

Ayni paytda yurtimizda faoliyat yuritayotgan va kredit olgan korxonalarning qariyb 70 foizining ahvoli yomonlashgani aytilmoqda. 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1