AsosiyJinoyat

Namanganda 9 yoshli qizaloq 20 yoshli haydovchi sabab halok bo`ldi

'Namanganda 9 yoshli qizaloq 20 yoshli haydovchi sabab halok bo`ldi'ning rasmi

Namanganda 20 yoshli yigit o`zining nomida bo`lmagan avtomashinani boshqarib 9 yoshli bolani urib yubordi.

Ma`lum bo`lishicha, 14 sentyabr kuni soat 10:30 larda, Kosonsoy-Namangan yo`lining 16 km.da 20 yoshli yigit o`zining nomida bo`lmagan VAZ-2107 rusumli avtomashinani ishonch qog`ozi bilan boshqarib borayotib, harakat xavfsizligini ta`minlay olmay, yo`lni kesib o`tayotgan 9 yoshli qizaloqni urib yuborgan. Natijada, piyoda og`ir tan jarohati olib, shifoxonada vafot etgan.

Hozirda holat bo`yicha tuman IIB huzuridagi TB tomonidan O`zbekiston Respublikasi JKning 266-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilgan.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

Boshqa yangiliklar