Respublika maxsus komissiyasi O`zbekiston fuqarolarini Rossiya Federasiyasining Samara viloyatidan olib kelish uchun “Toshkent–Kinel–Toshkent” temir yo`l reysini tashkil etish to`g`risida qaror qabul qilgan edi.Bu haqda O`zbekiston Respublikasi Transport vazirligi Axborot xizmati habar bermoqda
Rossiya va Qozog`iston tomoni bilan kelishuvga binoan, joriy yilning 14 sentyabr kuni “O`zbekiston temir yo`llari” AJ poezdi 938 nafar yurtdoshlarimiz bilan “Kinel” stansiyasidan O`zbekistonga jo`nagan edi.
Mazkur poezd ayni damda Toshkent Janubiy vokzaliga etib keldi. Ushbu reys orqali olib kelingan barcha fuqarolar avtobuslarda Toshkent viloyatidagi karantin zonalariga etkazildi.