1

Dezinfeksion tunnellar samarasizmi, unga sarflangan mablag`lar endi nima bo`ladi?

Jamiyat 18.09.2020, 14:53
Dezinfeksion tunnellar samarasizmi, unga sarflangan mablag`lar endi nima bo`ladi?

 Koronavirusga qarshi kurash shtabi a`zosi, respublika bosh sanitariya inspektori Nurmat Otabekov ushbu savolga quyidagicha javob berdi:

–Dezinfeksion tunnellar AQSh, Rossiya, Fransiya davlatlari singari ko`plab davlatlar qatorida O`zbekistonda ham uzoq muddat davomida qo`llanib kelindi.  

Ushbu vosita havo, odamlar ustki kiyim-boshlari, kichkina gabaritli transportlarni dezinfeksiya qilish uchun mo`ljallangan.  

Dezinfeksion tunnellarda viruslar, jumladan koronavirus va boshqa mikroorganizmlarni nobud qiladigan dezinfeksiya vositalari ishlatiladi.  

Respublika maxsus komissiya qaroriga ko`ra hozirgi kunda binolar va boshqa ob`ektlarga kiraverishda dezinfeksion tunellar o`rnatish to`xtatildi. Ushbu qaror Jahon sog`liqni saqlash tashkilotining tavsiyasiga ko`ra qabul qilindi.  

Olimlar, virusologlar tomonidan o`tkazilgan tadqiqotlar asosida dezinfeksion tunnellari orqali dezinfeksiya o`rtacha 5-30 sekundni tashkil etib, viruslarni inaktivasiya qilish uchun bu vaqt etarli emas degan xulosaga kelindi.

Hozir ham ba`zi davlatlarda xususan Italiya, Singapur, Malayziyada ham dezinfeksion tunnellardan foydalanishga ruxsat berilgan.

Koronavirus kasalligi tashxisi, davolash usullari va profilaktikasi qaratilgan tadbirlar takomillashib bormoqda.

Nurmat Otabekovning ta`kidlashicha, shu paytgacha JSSTning ham aniq takliflari yo`q edi. Hatto koronavirus kasalligiga chalinganlarni davolash bo`yicha protokollar ham muntazam ravishda o`zgarib borgan va O`zbekistonda shu kunga qadar 6 ta davolash protokoli amaliyotga kiritilgan.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1