1

Toshkentning «Qichqiriq» mahallasi aholisining keskin noroziligiga sabab bo`layotgan masalaga oydinlik kiritildi

Jamiyat 18.09.2020, 15:00
Toshkentning «Qichqiriq» mahallasi aholisining keskin noroziligiga sabab bo`layotgan masalaga oydinlik kiritildi

Avval xabar berilganidek, Olmazor tumanidagi «Qichqiriq» mahallasi hududiga kiruvchi 48, 61, 62 uylar oralig`idagi bo`sh turgan maydonga yangi 7 qavatli uy-joylarning qurilishi shu erda yashovchi aholining keskin noroziligiga sabab bo`layotgani aytilgan edi. 

Bunga aniqlik kiritish hamda muammoni joyida o`rganib hal etish maqsadida Xalq deputatlari Toshkent shahar hamda Olmazor tuman Kengashi deputatlari mazkur mahallada bo`lishdi. Norozilik bildirayotgan fuqarolar bilan uchrashib, masalaga oydinlik kiritildi. Bu haqda O`zbekiston «Adolat» SDP Toshkent shahar Kengashi matbuot kotibi Mehriniso BOBONAZAROVA "Darakchi"ga ma`lum qildi.

Ma`lum qilinishicha, fuqaro Filimonova Nadejda hamda Gaffarova Lolalar qo`lida bu bo`yicha Toshkent shahar hokimligi qarori va boshqa qo`shimcha hujjatlar bor. Deputatlar mazkur hujjatlar bilan tanishib chiqishdi. Erli aholining fikrlarini ham diqqat bilan tinglashdi. Boshqalarning ham bu boradagi munosabatini o`rganish maqsadida mahalla raisi Avaz Saidov bilan suhbatda bo`lindi. 

Deputatlar MFY raisining fikrlariga quloq solar ekan, bu masala ancha chigal ekanligini fahmlashdi. Negaki, «Qichqiriq» anhori bo`yida joylashgan ko`p qavatli uylarning achinarli holati, boz ustiga yangi uylar qurilishi chindan ham norozilikni keltirib chiqarishi turgan gap edi. Aholi esa mazkur bo`sh erga bolalar maydonchasi qurilishi tarafdori ekan. 

Ammo xalqning hohishi inobatga olinadimi, yo`qmi no`malumligicha qolmoqda. Ta`kidlash kerakki, mahalla raisining muammo haqida ma`lumot berishini so`rab berilgan savollar uchun jurnalistga qo`pollik qilishi, «savollarga javob yo`q» qabilida ish tutishi uning aslida, muammo oldida kimlar tarafida ekanligini sezdirib qo`ydi.

Yaqinda shu masala bo`yicha Xalq deputatlari Olmazor tuman Kengashi Sanoat, transport, qurilish, aloqa va aholiga xizmat ko`rsatish masalalari bo`yicha doimiy komissiyasining navbatdan tashqari shoshilinch yig`ilishi bo`lib o`tgan edi. Unda deputatlar bilan birgalikda Olmazor tuman arxitektura, kapital qurilish va kommunikasiyalarni rivojlantirish bo`yicha o`rnibosari, Qichqiriq» MFY raisi, Toshkent shahar er tuzish va ko`chmas mulk kadastr xizmati davlat korxonasi Olmazor filiali boshlig`i ishtirok etishdi. 

Yig`ilganlar bilan birgalikda masalaning barcha ijobiy va salbiy jihatlari ko`rib chiqilib, keng muhokama qilindi. Biroq qurilishi rejalashtirilayotgan ob`ektni zahiraga olgan «ZIYOD GOLD HAUS»mas`uliyati cheklangan jamiyati mutasaddisi chaqiruvga qaramay yig`ilishda ishtirok etmaganligi ko`pgina masalalarning jumboqligicha qolishiga sabab bo`ldi. 

Deputatlar yig`ilish so`ngida masalani shahar Kengashiga sessiyasiga kiritish taklifini o`rtaga tashlab, tegishli qarorlarni qabul qilishdi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1