1

Toshkent viloyatida koronavirusdan vafot etgan 11 yoshli bola yuzasidan rasmiy ma`lumot berildi

Jamiyat 18.09.2020, 15:10
Toshkent viloyatida koronavirusdan vafot etgan 11 yoshli bola yuzasidan rasmiy ma`lumot berildi

Toshkent viloyati Sog`liqni saqlash boshqarmasi axborotiga ko`ra, Bo`stonliq tumani G`azalkent shahrida istiqomat qilgan 11 yoshli fuqaro M.O`. 5 sentyabr kuni ertalab soat 8:00 da tuman tibbiyot birlashmasi qabul bo`limiga tez tibbiy yordam mashinasida olib kelingan. Bolada o`sha vaqtda burundan qon ketishi, tana haroratining 38 S ga ko`tarilishi, nafas siqishi kuzatilgan. Ko`krak qafasi rengen qilinganda 50 foiz zararlanish aniqlangan.

Bola 2012 yildan buyon surunkali glomerulonefrit, nefrotik shakli, surunkali buyrak etishmovchiligi, kamqonlik va semizlikning uchinchi darajasi tashxisi bilan dispanser nazoratida turgan va nogironlik nafaqasi olib kelgan. Toshkent tibbiyot akademiyasining bolalar nefrologiya bo`limida yuqoridagi tashxis bilan yiliga 2 marta stasionar sharoitda davolangan.  So`nggi bor  2020 yil  11 – 20 iyulda Chirchik shahridagi Toshkent viloyati bolalar ko`p tarmoqli tibbiyot markazining nefrologiya bo`limida davolanib chiqqan.  

Bemor Bo`stonliq tuman tibbiyot birlashmasida infeksionist, reanimatolog, pediatr shifokorlari tomonidan konsilium qilingan va unga koronavirus tashxisi qo`yilib, tezkor tartibda Chirchiq shahridagi shu sohaga ixtisoslashgan shifoxonaga keltirilgan.  

Ko`rilgan davo choralariga qaramasdan, bemor surunkali glomerulonefrit, buyrak etishmovchilining terminal bosqichi, semizlik va anemiyaning uchinchi darajasi,  ikki tomonlama pnevmoniyaning og`ir shakli oqibatida vafot etgan.  

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1