1

Bu yilgi maktab ta`tillari qachon bo`lishi ma`lum qilindi

Jamiyat 18.09.2020, 18:23
Bu yilgi maktab ta`tillari qachon bo`lishi ma`lum qilindi

Xalq ta`limi vazirligi Matbuot kotibining xabar berishicha, amaldagi tartibga ko`ra o`quv yili 2 sentyabrdan 25 mayga qadar davom etadi. O`quv yil 34 xaftadan iborat 4 ta chorakka bo`linadi, har bir chorak oralig`ida ta`tillar belgilangan.

Vazirlar Mahkamasining 2017 yilda tegishli qarori bilan tasdiqlangan Nizomga muvofiq, ta`til kunlari quyidagicha belgilangan:

kuzgi ta`til- 4 noyabrdan boshlab 6 kalendar kun;

qishqi ta`til- 28 dekabrdan boshlab 14 kalendar kun;

bahorgi ta`til - 21 martdan boshlab 7 kalendar kun;

yozgi ta`til - 26 maydan- 1 sentyabrga qadar davom etadi.  

1-sinf o`quvchilari uchun esa fevral oyi davomida qo`shimcha bir haftalik ta`til belgilanadi.

Ma`lumki, pandemiya sharoitida o`quv yili 14 sentyabrdan boshlandi. hozircha ta`til kunlariga o`zgartirish kiritish rejalashtirilmagan, ta`til kunlarining o`zgarishi zaruriyati yuzaga kelganda Respublika maxsus komissiyasi qarori bilan amalga oshiriladi va bu haqda keng jamoatchilik xabardor qilinadi. 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1