1

Bosh vazir o`rinbosari O`ktam Barnoev koronavirus asoratlari natijasida vafot etdi

Jamiyat 20.09.2020, 15:22
Bosh vazir o`rinbosari O`ktam Barnoev koronavirus asoratlari natijasida vafot etdi

Bosh vazirning agrar va oziq-ovqat sohalarini rivojlantirish masalalari bo`yicha o`rinbosari O`ktam Barnoev 56 yoshida vafot etdi.

 Barnoevda koronavirusdan davolanib chiqqanidan so`ng insult kuzatilgan, shundan keyin u davolanish va bosh miyasida jarrohlik amaliyotini o`tkazish uchun Germaniyaga olib ketilgan va o`sha erda davolanish vaqtida olamdan o`tgan.

Manba ma`lumotiga ko`ra, ayni vaqtda Buxoroda dafn marosimiga tayyorgarlik ko`rilmoqda, prezident ham Buxoroga borishi kutilmoqda.

O`ktam Barnoev 1964 yilda Buxoro viloyatida tug`ilgan, 1986 yilda Toshkent irrigasiya va qishloq xo`jaligini mexanizasiyalash muhandislari institutini tamomlagan. 1997–2000 yillarda Buxoro viloyati Qishloq va suv xo`jaligi boshqarmasi boshlig`ining iqtisodiyot va islohotlar masalalari bo`yicha o`rinbosari sifatida ishlagan. 2000–2002 yillarda Qishloq va suv xo`jaligi vazirligi tizimida rahbar lavozimlarda faoliyat olib borgan.

2002–2004 yillarda Vazirlar Mahkamasining agrosanoat majmuasida etakchi mutaxassis, 2004–2005 yillarda hukumatning Qishloq va suv xo`jaligi masalalari bo`yicha axborot-tahlil departamenti mudiri, 2005–2007 yillarda Qishloq va suv xo`jaligi, qishloq xo`jaligi mahsulotlarini qayta ishlash va xalq iste`moli mahsulotlari axborot-tahlil departamenti mudiri lavozimlarida ishlagan. 

2007–2008 yillarda Qishloq va suv xo`jaligi vaziri birinchi o`rinbosari bo`lgan, 2008 yilning aprelidan 2010 yilning dekabrigacha Samarqand viloyati hokimi lavozimida faoliyat yuritgan, 2011–2016 yillarda Qishloq va suv xo`jaligi vazirligining Respublika suv inspeksiyasi boshlig`i, 2016 yilda «O`zagrokimyo» kompaniyasi boshqaruvi raisi lavozimlarida faoliyat olib borgan. 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1