2020 yil 21 sentyabr soat 10.00 holatiga ko`ra, O`zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 51 789 (+149) nafarni tashkil etmoqda. Bu haqda SSV xabar qildi.
Yangi kasallanish holatlarining 91 nafari Namangan viloyati, 20 nafari Andijon viloyati, 11 nafari Toshkent viloyati, 8 nafari Qoraqalpog`iston, yana 8 nafari Buxoro viloyati, 7 nafari Navoiy va 4 nafari Farg`ona viloyatida tana harorati ko`tarilganligi bois profilaktika maqsadida hamda koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo`lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.