O`zbek-Turkman chegarasida otishma bo`lib o`tdi

Jamiyat 21.09.2020, 17:48
O`zbek-Turkman chegarasida otishma bo`lib o`tdi

17 centyabrga o`tar kechasi Turkmanistonning Farab etrapi va O`zbekistonning Olot tumani o`rtasidagi davlat chegarasi qismida o`tkazilgan reyd vaqtida Amu-Buxoro kanalida harbiylar rezina eshkakli qayiqda yuk tashiyotgan odamlarni payqashgan.

Chegarachilar avvaliga, havoga ogohlantiruvchi o`t ochishgan. Qarama-qarshi sohildan noma`lum kishi, taxminga ko`ra, pompali miltiqdan Turkmaniston tomonga o`q uzgan. Qayiqda bo`lgan fuqarolardan biri suvga sakrab, O`zbekiston tomondagi qirg`oqqa qarab suzib ketgan. Shundan so`ng, ikki tomon o`rtasida bir necha marotaba bir-birlariga qarata o`q otilgan. Ammo hodisa natijasida hech kim shikastlanmagan.  

Turkmanistonliklar 50ta katta qutidagi Rossiyada ishlab chiqarilgan sigaretni noqonuniy olib o`tmoqchi bo`lgan Turkmaniston fuqarosini qo`lga olgan.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1