1

Koronavirusdan yangi kasallanish holatlari aniqlandi. Poytaxtda yana ikki erkak vafot etdi

Jamiyat 21.09.2020, 18:08
Koronavirusdan yangi kasallanish holatlari aniqlandi. Poytaxtda yana ikki erkak vafot etdi

2020 yil 21 sentyabr soat 17:00 holatiga ko`ra, O`zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 52 070 (+281) nafarni tashkil etmoqda. Bu haqda SSV xabar berdi.

Yangi kasallanish holatlarining 235 nafari Toshkent shahrida, 24 nafari Namangan viloyatida, 12 nafari Jizzax viloyatida hamda 10 nafari Toshkent viloyatida tana harorati ko`tarilganligi hamda koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo`lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

Shu bilan birga, poytaxtlik 62 yoshli X.Sh. (erkak) va 31 yoshli S.B. (erkak), jami 2 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etdi.

Bugun ayni paytga qadar Toshkent shahrida 159 nafar, Toshkent viloyatida 130 nafar, Namangan viloyatida 85 nafar, Jizzax viloyatida 30 nafar, Andijon viloyatida 18 nafar, Buxoro viloyatida 7 nafar, Qoraqalpog`iston Respublikasida 4 nafar hamda Farg`ona viloyatida ham 4 nafar bemor tuzaldi.

Shunday qilib, yurtimizda 48 369 (+437) nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar (93 foiz) sog`aygan.

Hozirda mamlakatimizda 3 264 nafar bemorga shifokorlarimiz tomonidan belgilangan standartlar bo`yicha davo choralari ko`rilmoqda.  

 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1