Nyu-Yorkning mashhur “Times Square”da joylashgan ulkan peshlavha (monitor)da Andijonlik yigitning ism-sharifi va surati nega e`lon qilingani ma`lum qilindi. Andijon viloyati hokimligining ma`lum qilishicha, Andijon viloyati Xo`jaobod tumanida tug`ilgan Dostonbek Toirov AQShning “Morgan Stanley” shirkatida amaliyot o`tashni boshlagan. “Morgan Stanley” ma`muriyati amaliyotning ilk kuni Dostonbekka kutilmagan sovg`a tayyorladi. Nyu-Yorkning mashhur “Times Square”dagi ulkan peshlavhada O`zbekistonlik mutaxassisning ism-sharifi va surati e`lon qilindi.
|
23.09.2020 00:42
Kutilmagan syurpriz! «Times Square» andijonlik yigitning ism- sharifi e`lon qilindi
