Andijon viloyati hokimi Shuhratbek Abdurahmonov koronavirus bemorlari uchun viloyatdagi Qilichbozlik majmuasida tashkil etilgan shifoxonaga bemorlar holidan xabar olish uchun tashrif buyurdi.
Tashrif boshida dastavval hokim mutasaddilar bilan uchrashib, mavjud ahvol va kamchililar haqida so`radi. Shuningdek, u erda faoliyat olib borayotgan mas`ullarning har biriga bittadan planshet taqdim etdi.
Shundan so`ng, maxsus kiyim va himoya asboblarini kiygan holda koronavirusdan aziyat chekayotgan andijonliklar oldiga kirib bordi, ularning holidan xabar oldi, qanday kamchiliklar bo`layotganini so`radi va yaxshi kunlarga ishonch uyg`otib, bemorlarning tezkor tuzalib ketishiga umid bildirdi.
Maʼlumot uchun: Markaz 2020 yil 7 sentyabrda tashkil etilgan bo‘lib, 200 o‘ringa mo‘ljallangan. Muassasada qo‘shimcha mini kislorod zavodi o‘rnatilgan bo‘lib, 168 nafar bemorga kislorod nuqtalari ajratilgan, 22 nafar bemorlarga esa kislorod konsentratori bilan sunʼiy nafas beriladi. Muassasada 18 nafar malakali shifokorlar 32 nafar o‘rta tibbiyot xodimlari, 26 nafar kichik tibbiyot xodimlari hamda 3 nafar boshqa xodimlar faoliyat yuritmoqda.






