O`zbekiston Respublikasi Hisob palatasi va Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi hamkorlikda korrupsiyaning oldini olish va unga qarshi kurashish bo`yicha sa`y-harakatlarni tizimli yo`lga qo`yish maqsadida 26 ta vazirlik, davlat va xo`jalik boshqaruvi organlari hamda davlat ulushiga ega tijorat banklarida «komplaens-nazorat» tizimini keng joriy etish ishlari boshlandi. Bu haqda Agentlik matbuot xizmati ma`lum qildi.
Bugungi kunda ro`yxatga kiritilgan barcha tashkilotlarda “komplaens nazorat” tizimini joriy etish bo`yicha “yo`l xaritalari” ishlab chiqildi va unda belgilangan talablarni amalga oshirishga kirishildi. Endilikda, Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi Hisob palatasi bilan birgalikda har oyda korrupsiyaga qarshi kurashish bo`yicha olib borilayotgan ishlarning samaradorligini tegishli indikatorlar asosida baholab boradi.
Shu bilan birga, 26 ta vazirlik, davlat va xo`jalik boshqaruvi organlari hamda davlat ulushiga ega tijorat banklarida Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi, Hisob palatasi, Bosh prokuratura, Adliya vazirligi va boshqa mutasaddi tashkilotlar vakillaridan iborat “komplaens-nazorat” tizimini joriy bo`yicha ishchi guruhlar o`z faoliyatini boshlagan.
Ta`kidlanganidek, korrupsiya global muammo ekani, ushbu salbiy illat oqibatida jahon iqtisodiga har yili 2,6 trillion dollar zarar etkazilmoqda.