1

Bizda mahsulotni tekshiradigan laboratoriyalar bormi? “O`zstandart” tadbirkorlarga qanday yordam bera oladi? – Dolzarb savollarga agentlik mas`uli javob berdi

Iqtisodiyot 29.09.2020, 12:24
Bizda mahsulotni tekshiradigan laboratoriyalar bormi? “O`zstandart” tadbirkorlarga qanday yordam bera oladi? – Dolzarb savollarga agentlik mas`uli javob berdi

Bugun AOKAda  "O`zstandart" agentligi axborot xizmati rahbari Abdurauf Rasulov ishtirokida brifing  o`tkazildi. Unda sohaga oid savollarga javob qaytarildi.

Savol: Ishlab chiqarilayotgan milliy mahsulotlar sifati belgilangan me`yorlarga va xalqaro standartlarni joriy qilishga bog`liq. Mazkur jarayonda “O`zstandart” agentligi tomonidan korxonalarga qanday amaliy yordam ko`rsatilmoqda?

–Mahsulotlar sifati va raqobatdoshligini oshirish uchun milliy standartlarni xalqaro talablarga moslashtirish va korxonalarga joriy qilish muhim vazifa hisoblanadi.

Hozirgi kungacha xalqaro standartlar soni 12 mingtagi etkazilib, 43 foiz standartlar xalqaro talablar bilan uyg`unlashitirildi. Yil oxirigacha oziq-ovqat, metallurgiya, engil sanoat bo`yicha 14 ta laboratoriya modernizasiyasi yakunlanadi.

Savol: Yangi standartlarni korxonalarga, tadbirkorlik sub`eklariga manzilli etkazilishida olib borilayotgan ishlar xususida ma`lumot berib o`tsangiz?

➖21 ta to`qimachilik korxonasiga to`qimachilik va trikotaj mahsulotlari uchun Evropa standartlarini joriy qilish natijasida eksport hajmini oshirish imkoni yaratildi.

Andijondagi “Samo teks” korxonasi Evropa bozorlariga 5 million dollarlik mahsulot ekport qildi. Yana bir misol, Buxoro viloyatidagi “Buxoro kotton” korxonasi ham AQSh, Angliya, Turkiya va Germaniyaga 5 million dollarlik mahsulotini eksport qilishga erishdi.

Savol: Mamlakatimizda ishlab chiqarilayotgan maishiy texnikalar eksportida xalqaro standartlarning o`rni qanday bo`lmoqda?

–Yurtimizda maishiy texnika, kabel, tibbiyot buyumlari ishlab chiqaruvchi 5 ta korxona tomonidan 17 turdagi mahsulotlarning xavfsizligini tasdiqlovchi “SE” markirovkasini joriy etish hisobiga Evropaning 8 ta davlatiga eksport jarayoni boshlandi.

Savol: 2020 – 2021 yillarda “O`zstandart” agentligi o`z faoliyatida mamlakatimizda milliy infratuzilmani rivojlantirish maqsadida yana qanday yangi loyihalar ustida ish olib borilmoqda?

–Mamlakatimizning 9 ta viloyat va shaharlarida 11 ta yirik loyihalar ustida ish olib borilmoqda. Bunda 9 ta yo`nalish bo`yicha 23 ta sinov laboratoriyalarini modernizasiyalash ko`zda tutilgan. 2021 yilda jami qiymati 26,8 mln dollorlik 6 ta loyiha bo`yicha ish olib boriladi. Bunda 9 ta laboratoriya, energiya samaradorlik, elektrotexnika, avtomobil ehtiyot qismlari va qurilish materiallarini sinash laboratoriyalari modernizasiya qilinadi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1