AsosiyJamiyat

"O`sha paytda psixolog emas, kislorod kerak edi". Koronavirusdan tuzalgan oshpaz kasalxonadagi taassurotlarini oshkor qildi

'"O`sha paytda psixolog emas, kislorod kerak edi". Koronavirusdan tuzalgan oshpaz kasalxonadagi taassurotlarini oshkor qildi'ning rasmi

Xolis fikr koronavirus bilan kurashib, bu dard hamlasidan omon chiqqan mashhur oshpaz Bahriddin Chustiyning kasalxonadagi taassurotlarini e`lon qildi. Oshpaz o`zining bir oydan oshiq vaqt davom etgan shifoxonadagi hayoti ikkiga bo`linganini aytadi.  

“Birinchi yarmi “KIP” (NIIEMIZ) infeksiya markazi shifoxonasi va u erdagi shifokorlarga nisbatan “o`zgacha” fikr va munosabat bo`lsa. Ikkinchi yarmi 16-shahar markaziy shifonasi va shifokorlarga nisbatan umuman aksincha munosabat hosil bo`ldi. Bu erda nafaqat menga, balki har bir bemorga alohida, o`zgacha e`tibor, oddiy kadam qo`yishda ham bemorning yuragi va oyoqlarida tromb bo`lmasligi uchun bintlab, bir necha shifokorlar nazoratida qadam bostirishmoqda.

Oldingi KIP shifoxonasida esa tamomila aksincha edi. Uch kunda bir u bo`limdan bu bo`limga kislorodsiz, shifokor nazoratisiz, hamshiralar aravada eshik oldiga tashlab ketishar edi. 3-qavatga bitta zina ko`tarilib, so`ngra o`tirib, bir soatda chiqar edim”, deb yozadi.

Oshpazning aytishicha, bemorlar tuzalmasdan turib, kasalxona rahbariyati ularga javob berib yuborishmoqda: “Eng qizig`i, hali to`liq davolamay turib bo`lim boshlig`i Natalya Batirovna ikki marta menga javob berib yuborgani, birichi marta hushimdan ketib ikki kunga qoldirishgan. Ikki kundan so`ng esa maksimal kislorod bilan satursiya 77, istima 38,5 bo`lib turgan paytda, yana o`sha bo`lim boshlig`i Natalya Batirovna ukamga telefon qilib, “akangga allaqachon javob bo`lgan, sizlarni chiqarib yuborish uchun Milliy gvardiyani chaqirish kerakmi? Qo`limda bosh vrach Jaloliddin Tuychiev qo`l qo`ygan qog`ozlar turibdi. Biz uni davolab bo`ldik. Endi uning kasali ruhiy, unga psixolog kerak”, deb dag`dag`a qilgan. Vaholanki, o`sha paytda psixolog emas, kislorod kerak edi”.

Chustiyning e`tirof etishicha, bir qancha yaxshi insonlarning tashabbusi bilan 16-shahar markaziy shifonasiga o`tkazilgan va bu erdagilar tom ma`noda uning joniga aro bo`lishgan.  

Mana, ayrim shifoxonalardagi real ahvol, kasallarga munosabat. Hammaning ham Chustiy kabi dasti uzun tanishlari yo`qligi aniq. Tibbiyotimizdagi tanish-bilishchilik yo`qotilmas ekan, soha botqoqqa botib ketaveradi. 

    Boshqa yangiliklar