1

Toshkent shahar DSB xodimlari ko`magi bilan 369 ta tadbirkorlik sub`ektining soliq hisobotlari to`g`irlandi

Iqtisodiyot 30.09.2020, 08:39
Toshkent shahar DSB xodimlari ko`magi bilan 369 ta tadbirkorlik sub`ektining soliq hisobotlari to`g`irlandi

Toshkent shahar davlat soliq boshqarmasi tomonidan amalga oshirilayotgan «Soliq idorasi – tadbirkorga ko`makchi» loyihasi doirasida joriy yil sentyabr oyining 22 kuni davomida 369 ta tadbirkorlik sub`ekti tomonidan soliq hisobotlarini taqdim etishda xato va kamchiliklarga yo`l qo`yilgani aniqlandi. Bu bilan davlat byudjetiga 42,6mlrd. so`mlik soliqlar hisoblanmasdan qolgani ma`lum bo`ldi, deya xabarmoqda Toshkent shahar DSB Matbuot xizmati.

Toshkent shahar davlat soliq boshqarmasi xodimlari tomonidan ushbu kamchiliklar o`rganib chiqilib, tadbirkorlik sub`ektlariga hech qanday jazo choralari qo`llanmasdan qayta hisobot topshirishlariga ko`maklashildi.

Jumladan, poytaxtimizning Sergeli tumanida ro`yxatdan o`tgan «G/R/M» korxonasi (korxona nomi o`zgartirilgan)tomonidan taqdim etilgan ma`lumotlar o`rganilganda, 2020 yil iyul oyi uchun taqdim etilgan qo`shilgan qiymat solig`i hisobotida elektron ravishda shakllantiriladigan hisob-varaq fakturalar hisobot davridan keyin rasmiylashtirilishi natijasida 1274,2 mln.so`m tafovut aniqlangan. 

Ushbu holat yuzasidan Toshkent shahar davlat soliq boshqarmasi xodimlarining ko`magi bilan joriy yilning 14 sentyabr kuni qayta hisobot topshirildi. Natijada, korxonaga hech qanday chora ko`rilmasdan qo`shilgan qiymat solig`i bo`yicha to`lanmay qolgan 1 274,2 mln.so`m davlat byudjetiga yo`naltirildi.

 

 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1