AsosiyIqtisodiyot

1 oktyabrdan alkogol mahsulotlari narxi oshadi

'1 oktyabrdan alkogol mahsulotlari narxi oshadi'ning rasmi

“Alkogol mahsulotlari uchun eng kam ulgurji-sotish va chakana narxlarga o`zgartirishlar kiritish haqida”gi qaror Adliya vazirligi tomonidan davlat ro`yxatidan o`tkazildi (ro`yxat raqami 3188-1, 29.09.2020 y), deb yozmoqda Huquqiy axborot rasmiy kanali.

Hujjatga muvofiq, quyidagi narxlar belgilangan:

 vinoning 1 litr tayyor mahsuloti uchun:

 ishlab chiqaruvchi korxonalarning eng kam ulgurji-sotish narxi – 9 400 so`m (ilgari 8 600 so`m);

eng kam chakana narx – 11 200 so`m (ilgari 10 200 so`m).

 konyakning 1 litr tayyor mahsuloti uchun:  

 ishlab chiqaruvchi korxonalarning eng kam ulgurji-sotish narxi – 33 000 so`m (ilgari 31 000 so`m);

eng kam chakana narx – 39 000 so`m (ilgari 36 600 so`m).

 aroq va boshqa alkogolli mahsulotlarning 1 litr tayyor mahsuloti uchun:

 ishlab chiqaruvchi korxonalarning eng kam ulgurji-sotish narxi – 24 000 so`m (ilgari 22 000 so`m);

eng kam chakana narx – 28 500 so`m (ilgari 26 000 so`m).  

Mazkur qaror 2020 yil 1 oktyabrdan kuchga kiradi.

    Boshqa yangiliklar