AsosiyDunyo

Yangi yildan Xitoy oilalariga rasman ikkinchi farzandga ruxsat etildi

Xitoy parlamenti 27 dekabr kuni oilalarga ikkinchi farzand ko`rishga ruxsat etadigan Qonun qabul qildi. Mazkur Qonun 2016 yilning 1 yanvaridan kuchga kiradi, deya xabar beradi TASS.

«Davlat endi har bir juftlik ikkinchi farzand ko`rish prinsipini qo`llab quvvatlaydi», — deyiladi hujjatda. Qonun Xitoy Kompartiyasi Markaziy kengashining oktyabrdagi plenumida ishlab chiqildi. Plenumda “bir oilaga – bir farzand” siyosatini yumshatish qaror qilingan.

Ikkinchi farzand ko`rishga ta`qiq 36 yil davom etgan. Shu vaqt ichida cheklash demografik siyosati 400 million kishi tug`ilishining oldini olingan.

Ushbu Qonun Xitoyda 2050 yilga borib mehnatga layoqatli fuqarolar sonini 30 million kishiga oshirishni ko`zda tutadi. XXR aholisi umumiy soni 2029 yilga borib, o`zining avj nuqtasiga 1,45 milliard kishiga etishi tahmin qilinmoqda.

    Boshqa yangiliklar