AsosiyJamiyat

Surxondaryoda 6,5 milliard so`mga qurilgan ko`prik 1 yilu 7 oyda avariya holatiga kelib qolgani aytilmoqda. Rasmiylar izoh berdi (video)

'Surxondaryoda 6,5 milliard so`mga qurilgan ko`prik 1 yilu 7 oyda avariya holatiga kelib qolgani aytilmoqda. Rasmiylar izoh berdi (video)'ning rasmi

Surxondaryo viloyati, Qumqo`rg`on tumanida 6,5 milliard so`mga qurilgan ko`prik 1 yil-u 7 oyda avariya holatiga kelib qolgani haqida ijtimoiy tarmoqlarda videoxabarlar paydo bo`ldi. 

Mazkur holat yuzasidan viloyat prokuraturasi rasmiy munosabat bildirdi.

“Qumqo`rg`on tumani hududidan o`tuvchi, davlat ahamiyatidagi 4r-105 “Darband-Boysun-Elbayon” avtomobil yo`lining 76 kilometrida joylashgan, uzunligi 66 pogonametr bo`lgan “Polvontosh” selgasi ustidagi ko`prikning oraliq tayanch ustunlari 1 metrga cho`kishi va ustki plitalari qulashi natijasida ko`prik yaroqsiz holatga kelib, hozirgi kunda piyodalar va avtomashinalar harakati cheklangan.

Mazkur holat yuzasidan “Surxon qurulish nazorat o`lchov” MChJ va viloyat avtomobil yo`llari hududiy bosh boshqarmasi mutaxassilari tomonidan rasmiylashtirilgan dalolatnomaga ko`ra, o`tkazilgan nazorat o`lchovida pudratchi korxona tomonidan haqiqatda bajarilgan ishlar “Bajarilgan ishlarni tasdiqlovchi schyot-faktura ma`lumotnomasi” (Forma-3)ga qo`shib yozish holatlari aniqlanmagan.

Loyiha smeta hujjatlariga nisbatan bajarilmagan ishlar hajmi 34 mln. 491 ming 265 so`mni tashkil qilishini va mavjud pudratchi va buyurtmachi o`rtasida imzolangan 21.04.2014 yildagi 3/TO-2014-sonli shartnomaning 3-qismi (pudratchining majburiyatlari) 4-bandi pudratchi tomonidan to`liq bajarilmaganligi ko`rsatilgan.

O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 14.03.2020 yildagi “Koronavirus pandemiyasi va global inqiroz holatlarining iqtisodiyot tarmoqlariga salbiy ta`sirini yumshatish bo`yicha birinchi navbatdagi chora-tadbirlar to`g`risida”gi PF-5969-sonli Farmoni ijrosini ta`minlash hamda 17.03.2020 yildagi O`zbekiston Respublikasiga koronavirusning kirib kelishi va tarqalishi oldini olish yuzasidan chora-tadbirlar Dasturini tayyorlash bo`yicha Respublika Maxsus komissiyasining 01-14/1-234-raqamli 6-sonli yig`ilish bayonida “Sanitariya qoidalari, normalari va gigiena normativlariga qat`iy rioya etilishini ta`minlash” maqsadida omma o`rtasida koronavirus kasalligi tarqalib ketishini oldini olish uchun karantin e`lon qilinib, shaxslar bilan muloqat qilish vaqtinchalik to`xtatilganligi sababli har qanday tergov harakatlarini o`tkazishning imkoni yo`qligi, mazkur holatni oydinlashtirish uchun boshqa shaxslardan va mutaxassislardan xulosa olish imkoniyati mavjud bo`lmagan.

Shu sababli, 18.06.2020 yilda Termiz transport prokuraturasi tomonidan O`zbekiston Respublikasi JPKning 83-moddasi 2-bandiga asosan jinoyat ishi qo`zg`atishni rad etish haqida qaror qabul qilingan.

Ushbu qaror 29.09.2020 yilda Transport prokurori tomonidan bekor qilinib, hozirgi kunda tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda”, — deyiladi rasmiy munosabatda.

    Boshqa yangiliklar