AsosiyJamiyat

Abu-Saxiy bozori oldida AQSh dollaridagi pul mablag`ini tushirib qoldirgan fuqaro qidirilmoqda

'Abu-Saxiy bozori oldida AQSh dollaridagi pul mablag`ini tushirib qoldirgan fuqaro qidirilmoqda'ning rasmi

Toshkent shahar IIBB poytaxt aholisi va mehmonlaridan pul mablag`ini tushirib qo`ygan fuqaroni topishda yordam so`ramoqda. 

Ma`lum qilinishicha, bugun, 1 oktyabr kuni Chilonzor tumani Ichki ishlar boshqarmasi xodimi, patrul va qo`riqlash xizmati 1-batalon qo`mondoni kapitan F. Nazarov (chapdagi rasmda) Abu-Saxiy bozori hududidan noma`lum shaxsga tegishli Amerika valyutasida yo`qolgan pulni topgan. 

Videokuzatuv kameralarini tekshirish natijalari shuni ko`rsatdiki, mablag' bugun soat 14:20 da noma`lum erkak tomonidan tushirib qoldirilgan, kimligi hali aniqlanmagan (u o`ngdagi rasmda). 

"Umid qilamizki, siz ushbu odamni taniysiz va 78-150-12-63 raqamiga xodimlar bilan bog`lanishini xabar qiling", - deyiladi IIBB xabarida.

    Boshqa yangiliklar