AsosiyJamiyat

O`zbekistonda koronavirusdan sog`ayish ko`rsatkichi 94 foizga ko`tarildi

'O`zbekistonda koronavirusdan sog`ayish ko`rsatkichi 94 foizga ko`tarildi'ning rasmi

2020 yil 2 oktyabr soat 18:00 holatiga ko`ra, O`zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 57 646 (+192) nafarni tashkil etmoqda. Bu haqda SSV xabar bermoqda.

Yangi kasallanish holatlarining  

-156 nafari Toshkent shahrida,  

-21 nafari Qoraqalpog`iston Respublikasida,

-10 nafari Samarqand viloyatida,

- 5 nafari Andijon viloyatida tana harorati ko`tarilganligi hamda koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo`lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

 Shu bilan birga, 2 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etdi.

Bugun ayni paytga qadar:

- Toshkent shahrida 212 nafar,  

-Toshkent viloyatida 91 nafar,  

-Buxoro viloyatida 20 nafar,

- Samarqand viloyatida 20 nafar,  

-Andijon viloyatida 12 nafar,  

-Jizzax viloyatida 12 nafar,  

-Qoraqalpog`iston Respublikasida 7 nafar,  

-Surxondaryo viloyatida 5 nafar,  

-Qashqadaryo viloyatida 4 nafar bemor tuzaldi.  

Shunday qilib, yurtimizda 54 338 (+383) nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar tuzaldi va sog`ayish ko`rsatkichi 94 foizga etdi.

Hozirda mamlakatimizda 2 834 nafar bemorga shifokorlarimiz tomonidan belgilangan standartlar bo`yicha davo choralari ko`rilmoqda.  

 

    Boshqa yangiliklar