Bu korxona yiliga 200 tonna baliq va 5 million dona baliq lichinkalari etishtirish, 5 ming tonna ozuqa em tayyorlash quvvatiga ega. U shu yil iyulda faoliyat boshladi, 35 ta ish o`rni yaratildi. ![]() Loyihaning ahamiyati shundaki, korxonada yopiq sig`imda intensiv usulda baliq etishtiriladi. Ya`ni, suvdan takroran foydalanish evaziga katta hajmda suv tejaladi. Masalan, 200 tonna baliq etishtirish uchun oddiy sharoitda 1,5 million metr kub suv sarflansa, bu erda 250 metr kub etarli. Bu Qoraqalpog`iston uchun juda muhim. ![]() ![]() ![]() ![]() Korxonada, shuningdek, qayta ishlash quvvati va muzlatgich tashkil etilgan Shu erda qishloq xo`jaligi tarmoqlaridagi loyihalar taqdimot qilindi. Davlatimiz rahbari chorvachilikda oilaviy koopersiyalarni yo`lga qo`yib, parrandani ko`paytirib, go`sht narxini arzonlashtirish choralarini ko`rish muhimligini ta`kidladi. Hududda er va suvning aniq hisobini yuritish, bunga axborot texnologiyalarini joriy qilish bo`yicha ko`rsatmalar berildi. ![]() ![]() ![]() ![]() ![]() ![]() ![]() ![]() ![]() ![]() ![]()
![]()
![]()
|
Prezident Shavkat Mirziyoev 2 oktyabr kuni Nukus shahridagi «Qoraqalpoq baliq sanoat» MChJ faoliyati bilan tanishdi
Bu korxona yiliga 200 tonna baliq va 5 million dona baliq lichinkalari etishtirish, 5 ming...
























