AsosiyDunyo
3545

Buyuk Britaniyada koronavirusning xavfli mutasiyasi ma`lum bo`ldi

'Buyuk Britaniyada koronavirusning xavfli mutasiyasi ma`lum bo`ldi'ning rasmi

Yangi koronavirus infeksiyasi inson organizmiga yaxshiroq kirishi uchun 10 ta turli shaklga transformasiya qilishi mumkin. «RBK»ning xabar berishicha, bu haqda Frensis Krik instituti olimlari ma`lum qildi.

 

 

Institut xodimlari COVID-19 tikanlari o`zgarishi va yanada yopishqoq bo`lishini aniqladi. Ular yordamida koronavirus inson hujayralarining tashqi qismida joylashgan ACE2 oqsiliga yaxshiroq yopishadi. Bundan tashqari, koronavirus tikanlari yordamida organizmga kiradi.

«Bu aksariyat virus oqsillariga qaraganda virus reseptorlari va sog`lom hujayraning o`zaro bog`lanishining juda murakkab jarayonidir. Gripp va OIVda aktivlashtirish jarayoni nisbatan oddiyroq kechadi», — deydi tadqiqot mualliflaridan biri, universitet laboratoriyasi tadqiqotchisi Donald Benton.

Bundan tashqari, tadqiqot davomida ingliz olimlari COVID-19 laboratoriyada tikanlarini bir daqiqada o`zgartirishini, biroq bu jarayon hayotda sekinroq kechishini aniqlagan.

Universitetda ta`kidlanishicha, koronavirus o`zini antitanalar ta`siridan himoya qilish uchun mutasiyaga uchraydi. Olimlar ushbu kashfiyot nima uchun COVID-19 bu darajada yuqumli ekanligi borasida ko`proq ma`lumot berishi mumkin, degan fikrda.

 

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

Boshqa yangiliklar