Mamlakatimiz elektr energitika sohasida dispetcherlik nazorati va ma`lumotlarni yig`ish tizimi (SCADA) hamda energiya boshqaruvi tizimi (EMS) joriy qilinadi
Bu haqda Energetika vazirligi Axborot xizmati xabar berdi.
Loyiha maqsadi: elektr energiyasi sohasi boshqaruvi uchun zamonaviy avtomatlashtirilgan dispetcherlik tizimini yaratish bo`lib, ushbu loyihani 2020 – 2024 yillarda amalga oshirish rejalashtirilgan.
Umumiy qiymati 90 million AQSh dollarini tashkil etadigan mazkur investision loyiha Jahon banki mablag`lari hisobidan moliyalashtiriladi.
Ushbu investision loyihani amalga oshirish ishlari xalqaro tender tanlovlari orqali tanlab olingan EDF-CIST (Électricité de France – Fransiya) kompaniyasi bilan hamkorlikda amalga oshiriladi.






