Buxoro viloyati Qorako`l tumanida joylashgan Gazli neft va gaz qazib chiqarish boshqarmasi “Uchqir” gazni oltingugurtli birikmalaridan tozalash majmuasida yillik quvvati 1,5 mlrd. kub metr tabiiy gazni oltingugurt birikmalaridan tozalash quvvatiga ega bo`lgan, Amin yordamida gazni oltingugurt birikmalaridan tozalash qurilmasining 6-navbati ishga tushirildi. Bu haqda "O`zbekneftgaz” axborot xizmati ma`lum qildi.
Gazni oltingugurt birikmalaridan tozalash qurilmasining 6-navbati ishga tushirilishi bilan qayta ishlanayotgan tabiiy gazni sifat ko`rsatkichi oltingugurt bo`yicha O‘zDst 948:2016 davlat standarti talablari darajasida bo`lishi ta`minlanadi.
Tabiiy gazni nordon gazlar (H2S, CO2) dan tozalash texnologik jarayonlari 30-40 % MDEA (Metildietanolamin) eritmasi yordamida absorbsiya usulida olib boriladi.
Ma`lumot uchun: Kompleksda Gazli neft va gaz qazib chiqarish boshqarmasiga qarashli “Doyaxotin”, “Uchqir”, “Ko`lbeshkak”, “Hojiqazg`on”, “Savatli”, “Qumli”, “Toyloq” konlaridan qazib olinayotgan tabiiy gaz oltingugurt birikmalaridan tozalanib “O`ztransgaz” AJ magistral gaz quvurlariga uzatiladi.