Internet tarmog`ida to`ydagi mehmonlardan biri osmonga qarata to`pponchadan o`q uzayotgani aks etgan video tarqaldi.
Toshkent shahar IIBB tomonidan mazkur video o`rganilgan. Aytilishicha videodagi odamlarning, xususan o`q uzgan kishining shaxsi aniqlangan.
O`q uzgan kishi – Toshkent viloyatilik 25 yoshli Salixov Ulug`bek ekanligi ma`lum bo`lgan. Uning so`zlariga qaraganda, u qarindoshi bo`lmish kuyovga to`y kuni kuyov-jo`ralik qilgan. 19 sentyabr kuni kuyov va uning do`stlari Chilonzor tumaniga kelinning uyiga kelishganida, Ulug`bek keyinchalik “qiziqarli rolik” tayyorlash uchun bozordan sotib olgan o`yinchoq plastmass to`pponchani osmonga ko`targan. Shu lahzalar videooperatorlar tomonidan tasvirga tushirilgan. 4 oktyabr kuni kechqurun Ulug`bekning o`zi videoni montaj qilib, o`q uzish tovushlarini qo`shgan va videoni instagramdagi sahifasiga joylagan. Keyinchalik mazkur videoni internetda tarqatgan.






