Ijtimoiy tarmoqlarda bugun harbiy imtiyozga ega abiturientlar va ularning ota-onalari imtiyozli balli qo`shib berilmaganidan norozi bo`lib DTM bosh binosi oldida to`plangani aks etgan video lavha tarqatildi.
Ushbu videoda o`zini namanganlik ekanligini aytgan Sardor ismli yigit yig`ilganlar nomidan prezidentga murojaat qilgan. Uning aytishicha, bu erdagilarning barchasi harbiy xizmatni a`lo darajada o`tab, tavsiyanoma bilan maxsus kvota asosida OTMlarga imtihon topshirishgan. Ammo tavsiyanomalari inobatga olinmagan. Ular bu bo`yicha Mudofaa vazirligiga, DTM ga bir necha bor murojaat qilishgan, lekin aniq bir javob olishmagan.






