AsosiyJamiyat

Pandemiyaning oxiri bormi? Mutaxassis javob berdi

'Pandemiyaning oxiri bormi? Mutaxassis javob berdi'ning rasmi

Pandemiyaning oxiri bormi? Hamma koronavirus bilan kasallanadigan bo`lsa, cheklovlarni joriy qilishdan nima naf?

Aholidan tushgan ushbu savolga AOKAda bo`lib o`tgan brifingda Koronavirusga qarshi kurash shtabi a`zosi Nurmat Otabekov quyidagicha javob qaytardi.

"Cheklovlarning foydasi bor — vaqtdan yutish! 

Bir qarashda bugungi vaziyatdan kelib chiqsak, virus tarqalishini to`xtatishdagi har qanday sa`y-harkatalar foydasizdek, chunki baribir hamma kasallanib oladi.

Biroq ushbu pessimistik qarash ikki sababga ko`ra o`zini oqlamaydi:

️Birinchidan, Xitoy, Tayvan, Yangi Zelyandiya va Janubiy Koreya tajribalari cheklovlarni o`z vaqtida qo`llash infeksiya tarqalishini uzoq vaqt ushlab turishga imkon berishini ko`rsatdi. Bundan kelib chiqadiki, hatto qat`iy karantin choralari mavjud bo`lmasa-da, kuchli ikkinchi to`lqin yuzaga kelmaydi.

 Bundan tashqari, vaqtdan yutish tibbiy tizimda moslashishga imkon beradi. Gap nafaqat vaqtinchalik kasalxonalar yoki test tekshiruvi, balki kasallikning klinik manzarasini tushunish, uning oldini olish va test usullarini ishlab chiqish haqida ham bormoqda.

Misol uchun, o`tgan 4 oy mobaynida  SARS-CoV-2  virusi to`g`risidagi ilmiy maqolalar bir nechtadan minglabga ko`paydi, kuzatuvlar va kasallikni davolash borasida katta tajriba to`plandi, yuzdan ortiq vaksina va ko`plab virusga qarshi preparatlar ishlab chiqilmoqda."

 

    Boshqa yangiliklar