AOKAda o`tgan brifingda Koronavirusga qarshi kurash shtabi a`zosi Nurmat Otabekov aholidan tushgan ushbu savolga quyidagicha javob qaytardi:
" - Maxsus komissiyaning qaroriga muvofiq, o`tkazish punktidan (aeroport, vokzal, yoki boshqa) o`tayotgan fuqarolarda PZR tekshiruvi natijasi bo`lishi shart va laboratoriya tekshiruvlari bilan bog`liq xarajatlar murojaat qilgan shaxslar tomonidan qoplanadi.
️Faqat kasallikning klinik belgilari bo`lgan shaxslar, kasallikga chalinganlar bilan muloqotda bo`lganlar, epidemik noxush hududlardan olib kelingan shaxslar bepul tekshiriladi."






