AsosiyShou-biznes

Bahrom Nazarov ko`zlariga ishonmayapti?!

Noyabr oyida “Istiqlol” san`at saroyida o`zining ilk yakkaxon konsert dasturini muxlislarga taqdim etgan Nazarov vanihoyat yana ijodga kirishdi.

“Sochi bilan bo`yi teng qizni ko`rdim” nomli qo`shig`iga “9999” studiyasi tomonidan klip suratga olib, mazkur klipni tez kunlarda muxlsilar hukmiga havola qiladi.

“Mening ko`zimmi bu o`zim hayronman” misralari bilan boshlanadigan mazkur qo`shiq g`oyasi qanday tug`ilgani haqida xonandaning fikrlari bilan qiziqdik.

Bahrom Nazarov: “Hayotimda shunday qizni ko`rganman, balki bunday qizlar ko`pdir ammo men faqat bir bora ko`rganman. Mazkur she`r qo`limga tushganda xuddi ichimda o`ylab yurganimni qog`ozga tushirishganday tuyuldi. Mazkur qo`shiqqa surat olingan klip shu kunlarda taqdim etiladi.

Shuningdek, 2016 yilda muxlislarga “Shukrona” nomli konsert dasturim albomini havola etishga shay turibmiz”. 

    Boshqa yangiliklar