Bog`chada koronavirus yuqtirgan tarbiyachi va tarbiyalanuvchilarni davolash tartibi bormi? Muolaja sarf-xarajatlari kim tomonidan qoplanadi? Bu savolga Maktabgacha ta`lim vazirligi matbuot kotibi Mavluda Asqarxo`jaeva javob berdi. Bitta guruh tarbiyalanuvchisida kasallanish tasdiqlanganda ta`lim tashkilotining faoliyati to`xtatilmaydi. Barcha muloqotda bo`lganlar ro`yxatga olinadi, guruh tarbiyalanuvchilari 14 kunga masofaviy o`qitish tizimiga o`tkaziladi va yashash manzili bo`yicha oilaviy poliklinikalar tomonidan nazoratga olinadi. 14 kunlik karantin muddati tugagandan so`ng, klinik belgilar kuzatilmagan tarbiyalanuvchilar umumiy tibbiy ko`rikdan o`tadi va an`anaviy usulda o`qishni xohlovchilarga maktabgacha ta`lim muassasasiga qatnashishiga hududiy shifokor tomonidan ruxsat beriladi. Bir nafar tarbiyachida kasallik aniqlanganda MTTning faoliyati epidemiologik o`rganishda muloqotda bo`lganlarning soni va kasallanish tarqalishini xavfini baholashdan kelib chiqib, qaror qabul qilinadi. Ikki va undan ortiq tarbiyachida kasallik tasdiqlanganda ta`lim tashkilotning faoliyati hududiy Sanepidemxizmat qarori bilan 14 kun muddatga to`xtatiladi. Tashkilotda Sanepidxizmatning tavsiyasiga muvofiq mukammal tozalov va dezinfeksiya ishlari amalga oshiriladi. |
07.10.2020 21:56
Bog`chada koronavirus yuqtirgan tarbiyachi va tarbiyalanuvchilarni davolash tartibi qanday?
