Samarqandda, buning ortidan mamlakatda koronavirusga chalingan bemorlar statistikasi kamaytirib ko`rsatilmoqda. Bu haqda O`zbekiston Respublikasi Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi direktori Akmal Burxonov ma`lum qilgan. “COVID-19 statistikasi masalasida misol keltiraman: 5 oktyabr 23:30 holatiga Samarqand viloyatida 2160 ta qayd etilgan, 2017 tasi sog`aygan. Ya`ni 143 kishi kasal deyilgan. Bizni ma`lumotimizga ko`ra, bugungi kunda Samarqandda shifoxonada davolanayotgan bemorlar soni 1155 ta. Nima keragi bor 10 baravar kamaytirishni? Balki korrupsiya emasdir, buni sababini o`rganishimiz kerak. Yana qaytaraman, bu faqat Samarqand viloyati misolida. Hamma viloyatlarda shu ahvol ekanligini aniq ayta olishim mumkin. Statistikasi ham, to`lovlar to`lashi ham, xaridlarning amalga oshirilishi va eng asosiysi, qarindosh-urug`chilik masalasini kompleks o`rganmoqchimiz. Xodimlari sifatida yaqin qarindoshlarini ishga olgani masalasi bo`yicha birga ish olib boramiz. Ayniqsa xaridlarda, dori vositalari bo`yicha ko`plab murojaatlar bor, hammasi faktlar bilan keltirilgan. Tenderda yutib chiqanglar emas balki boshqa, o`zlariga tegishli tashkilotlar bilan shartnoma tuzgani borasidagi holatlar bor. Biz bu bo`yicha ishlarni boshlab yuborganmiz”, deydi agentlik direktori. Sog`liqni saqlash vazirligining rasmiy, ammo ishonchdan chiqqan ma`lumotlariga ko`ra, ayni vaqtda mamlakatda koronavirusga chalinganlar 59 697 nafarni tashkil etmoqda. Ularning 56 460 nafari sog`aygan, 492 kishi vafot etgan. | |
07.10.2020 23:23
Samarqandda koronavirusga chalinganlar 10 baravar kamaytirib ko`rsatilgani ma`lum qilindi
