Jinoyat ishlari bo`yicha Xovos tuman sudining sudyasi B.Mamadaminov oilasiga xiyonat qilgan erkakning vaqtichog`ligi o`lim bilan yakunlangani haqida xabar berdi.
Ma`lum bo`lishicha, Xovos tumanida yashovchi Barno Alieva (ismi-sharifi o`zgartirilgan) o`zining xushtori Alisher Zaripov (ismi-sharifi o`zgartirilgan, ikkalasining har turmushi va farzandlari bor) bilan soat 19:00 larda o`zining yotoqxonasida ishqiy munosabatda bo`layotgan vaqtida A.Zaripov yurak xuruji tufayli xushidan ketgan.
So`ng B.Alieva A.Zaripov bilan ishqiy munosabatini yashirish maqsadida va sharmanda bo`lishdan qo`rqib, A.Zaripovni hayoti yoki sog`lig`i xavf ostida qolganligini anglagan holda, unga malakali tibbiy yordam ko`rsatilishi uchun tez yordam bo`limiga xabar berish imkoniyatiga ega bo`lsa-da, A.Zaripovni xushidan ketganligi haqida tez tibbiy yordam bo`limiga xabar bermagan. A.Zaripovni shu kuni soat 24:00 ga qadar yotoqxonada saqlab, uning biologik o`limini bilib, hovlisida bo`lgan eshak aravaga A.Zaripovni murdasini ortib, ko`chada xech kim yo`qligidan foydalanib, daladagi yo`lining chetiga olib borib, tashlab kelgan.
Sud, mazkur jinoyat ishini mazmunan ko`rib chiqib, B.Alievani O`zbekiston Respublikasi JKning 117-moddasi 2-qismida nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganlikda aybdor deb topib, unga qonunda belgilangan chorani qo`lladi.






