AQSh prezidenti Donald Trampni COVID-19’dan davolanish narxi 100 ming dollardan oshishi mumkin, deb ma`lum qildi “RBK”ning The New York Times bo`yicha ma`lumotiga tayanib Daryo. Ushbu summaga Uolter Rid nomidagi milliy harbiy tibbiyot markazidagi uch kunlik davolanish, vertolyotda ikki marta uchish, ko`p sonli koronavirusga testlar, kislorod, steroidlar va antijismlar aralashmasini kiritish yo`li bilan tajribali davolash kursi kiritildi. NYT’ning yozishicha, xarajatlarning katta qismini gospitalda bo`lish emas, uning tashqarisida ko`rsatiladigan xizmatlar, masalan, vertolyotda parvozlar va virusga test olish tashkil qiladi. Nashrning eslatishicha, Tramp qabul qilgan «Remdesivir» preparati bilan davolash kursi xususiy sug`urta kompaniyalari tomonidan to`langanda 3120 dollar, Medicare va Medicaid kabi davlat dasturlari doirasida to`langanda 2340 dollar turadi. Shuningdek, FAIR Health hisob-kitoblariga ko`ra, 60 dan oshgan katta yoshdagi bemorning kasalxonada yotishi o`rtacha 61 912 dollarga tushadi. Vertolyotda kasalxonaga olib kelish taxminan 38 770 dollarni tashkil qiladi. Gazetaning aniqlik kiritishicha, prezidentni davolash xarajatlarini hukumat qoplaydi. Shu bilan birga, hatto tibbiy sug`urtaga ega amerikaliklar ham COVID-19’dan davolanishda katta xarajatlarga duch keladi. |
08.10.2020 23:33