AsosiyJamiyat

"Taniqli insonlarning kutilmaganda vafot etgani bilan bog`liq asossiz xabarlar tarqalmoqda". AOKA rasmiy bayonot bilan chiqdi

'"Taniqli insonlarning kutilmaganda vafot etgani bilan bog`liq asossiz xabarlar tarqalmoqda". AOKA rasmiy bayonot bilan chiqdi'ning rasmi

Axborot va ommaviy kommunikasiyalar agentligi, koronavirus pandemiyasi davrida ayrim ommaviy axborot vositalarida, ijtimoiy tarmoq va turli messenjerlarda o`z tasdig`ini topmagan hamda rasmiy manbalardan olinmagan, ayrim vaziyatlarda esa aholida vahima uyg`otuvchi ma`lumotlar tarqatilishi kuzatilmoqda, deya xabar bermoqda.

Ayniqsa, turli sohada davlatimiz ravnaqi uchun ko`p yillar fidoiylik ko`rsatgan taniqli insonlarning kutilmaganda vafot etgani bilan bog`liq asossiz xabarlar ko`paymoqda. Bu kabi noto`g`ri ma`lumotlar bemorning yaqin kishilarini sarosimaga solib qo`yishi, ularning ham sog`lig`iga zarar etkazishi mumkin.

Shuni unutmaslik kerakki, biror insonning faqat o`ziga tegishli bo`lgan fundamental huquqi hisoblanuvchi shaxsiy salomatligi yoki koronavirus kasalligidan vafot topgani haqidagi xabarlarni e`lon qilishda O`zbekiston Respublikasi «Shaxsga doir ma`lumotlar to`g`risida»gi Qonuniga amal qilinishi lozim.

Mazkur qonunda fuqarolarning shaxsiy ma`lumotlari faqatgina o`zini roziligi, agarda u muomalaga layoqatsiz bo`lsa uning qonuniy vakili, mabodo olamdan o`tgan taqdirda merosxo`rlarining hujjat shaklidagi roziligi bilan e`lon qilinishi mumkinligi belgilangan.

Bundan tashqari, aholi orasida feyk xabarlarni har qanday shaklda tarqatish, noto`g`ri xabarlar bilan chalg`itish amaldagi qonunchilikka muvofiq tegishli javobgarlik keltirib chiqaradi.

Agentlik ommaviy axborot vositalari va blogerlardan ishonchsiz axborotlarni tarqatmaslik hamda noxolis manbalardan foydalanmaslikni so`raydi.

Bugungi murakkab vaziyatda axborot maydonida qonunga zid holatlardan yiroq  bo`lgan ijobiy muhitni shakllantirishga hissa qo`shaylik.

 

 

 

 

    Boshqa yangiliklar