AsosiyJamiyat

Yunusobod tumani IIO FMB xodimlari og`ir sharoitda qolgan ayollarga yordam ko`rsatishmoqda

'Yunusobod tumani IIO FMB xodimlari og`ir sharoitda qolgan ayollarga yordam ko`rsatishmoqda'ning rasmi

Yunusobod tumani 5-son ichki ishlar bo`limi xotin-qizlar masalalari bo`yicha inspektorlari tegishli hududni ko`zdan kechirish davomida “Mega Planet” savdo markazi yonida voyaga etmagan bolalari bilan tilanchilik qilayotgan ikki nafar ayollarni ko`rib qolishdi. Bu haqda IIBB xabar bermoqda. 

 Ayollar bolalari bilan ichki ishlar bo`limiga olib borilib, ularning shaxslari aniqlandi. Ulardan biri – Farg`ona viloyatilik 23 yoshli K.A.ning so`zlariga qaraganda, uning eri uni ikki nafar bolasi bilan tashlab ketgan ekan. Kasbi va ishi bo`lmaganligi bois, K.A. tilanchilik qilishga majbur bo`lgan. 39 yoshli S. X. va uning ikki nafar voyaga etmagan bolalari poytaxtga Samarqand viloyatidan kelishgan. Uning so`zlariga qaraganda, eri hayotdan ko`z yumgach u ishi yo`qligi sababli qiyin ahvolda qolgan. Toshkent shahar IIBB HPB xotin-qizlar masalalari bo`yicha bo`lim xodimlarining yordamlari bilan mazkur ayollar farzandlari bilan Og`ir ahvolga tushib qolgan ayollar reabilitasiya va moslashtirish markaziga vaqtincha joylandilar.

Bundan tashqari, ularga uylariga qaytishda amaliy yordam ko`rsatildi. Ularga keyinchalik yordam ko`rsatilishi uchun Toshkent shahar IIBB xodimlari Farg`ona va Samarqand viloyatlari IIBdagi hamkasblari bilan bog`lanib, mazkur ayollar doimiy turar joylariga yo`l olishgani haqida xabar berishdi.

    Boshqa yangiliklar