Ijtimoiy tarmoqda navbatdagi mish-mish tarqaldi.
Keltirilishicha, Zangiota tumanida joylashgan koronavirus bilan kasallanganlarni davolovchi shifoxonada elektr energiyasi ta`minotida uzilish yuzaga kelgan.

"Kovid senrtda ahvol yomonlashibdi. Kislorod ulanganlarning ko`pi bandalik qipti. 300 dan ortiq deyishdi", - deyiladi tarqatilgan xabarda.
"darakchi.uz" xabarga aniqlik kiritish maqsadida Sog`liqni saqlash vazirligi Matbuot xizmati rahbari Furqat Sanaev bilan bog`landi.
"Bu xabar kishi aqliga sig`maydi, nahotki shunday zamonaviy koronavirus kasalligiga ixtisoslashgan joyda "svet" o`chishi mumkin!? Birorta ham o`lim bo`lmagan", - deya mish-mishlarga javob qaytardi SSV Matbuot kotibi.






