“2021 yilda rasmiy sanalarni nishonlash davrida qo`shimcha ishlanmaydigan kunlarni belgilash va dam olish kunlarini ko`chirish to`g`risida”gi Prezident farmoni loyihasi muhokama uchun joylashtirildi.
Unga ko`ra:
- 2021 yilda quyidagi qo`shimcha dam olish kunlari belgilanmoqda:
2 sentyabr-payshanba;
3 sentyabr- juma.
2. 2021 yilda dam olish kuni 27 mart-shanba 22-mart-dushanba kuniga ko`chiriladi.
3. Shuningdek:
- 2021 yil 2 yanvar- shanba, 4 sentyabr - shanba va 22 mart- dushanba kunlari barcha xodimlar uchun ish haftasining turidan qat`i nazar, dam olish kuni hisoblanadi;
- byudjet tashkilotlarida ushbu Farmonning 1-bandida belgilangan qo`shimcha dam olish kunlari har yilgi mehnat ta`tilining davomiyligini ikki ish kuniga qisqartirish hisobiga qoplanadi;
- har yilgi mehnat ta`tili davrida saqlanadigan o`rtacha oylik ish haqi miqdorini hisoblashda mehnat ta`tilining amaldagi davomiyligi hisobga olinadi, unga ushbu Farmonda belgilangan qo`shimcha dam olish kuni qo`shiladi;
- har yillik mehnat ta`tilining davomiyligi qisqartirish hisobga olingan holda o`n besh ish kunidan kam bo`lmasligi kerak;
- byudjet tashkiloti hisoblanmagan tashkilotlarda ushbu Farmonning 1-bandiga muvofiq qo`shimcha dam olish kuni mehnat ta`tiliga qo`shimcha boshqa kunlar bilan bir qatorda moliyaviy imkoniyatlardan kelib chiqqan holda, jamoa shartnomalari yoki ish beruvchilar tomonidan kasaba uyushmasi qo`mitalari bilan kelishib qabul qilinadigan boshqa lokal normativ hujjatlarda belgilanadi.