O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati a`zosi Shuxrat Madaminovich G`aniev O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 24 sentyabrdagi PF-6069-son Farmoniga asosan O`zbekiston Respublikasi Bosh vazirining agrar va oziq-ovqat sohalarini rivojlantirish masalalari bo`yicha o`rinbosari lavozimiga tasdiqlanganligi munosabati bilan u O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati a`zolari ro`yxatidan chiqarildi.
Bu haqda O`zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi qaror qildi.