AsosiyJamiyat

Urganchda Astraxan Davlat texnika universitetiga o`qishga kiritib qo`ymoqchi bo`lgan nodavlat tashkilot rahbari fosh bo`ldi

'Urganchda Astraxan Davlat texnika universitetiga o`qishga kiritib qo`ymoqchi bo`lgan nodavlat tashkilot rahbari fosh bo`ldi'ning rasmi

Urganch shahrida xorijdagi universitetlarga o`qishga kiritmoqchi bo`lgan nodavlat tashkiloti rahbarining qilmishi fosh etildi, deya "darakchi.uz"ga xabar bermoqda Bosh prokuratura Matbuot xizmati. 

Keltirilishicha, Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Urganch shahar bo`limi tomonidan o`tkazilgan tezkor tadbirda, O`zbekistonliklarning nodavlat respublika jamoat birlashmasi Xorazm viloyati hududiy bo`linmasi rahbari S.K., fuqaro S.V.ning ishonchiga kirib, uni Astraxan Davlat texnika universitetiga onlayn test imtihonidan o`tkazib qo`yish orqali o`qishga kiritib qo`yganligi evaziga birlashma xizmati uchun 2 mln so`m hamda o`qishga kirganligi haqida buyruq chiqarib berish uchun 700 AQSh dollarini firibgarlik yo`li bilan olgan vaqtida ashyoviy dalil bilan ushlangan. 

Mazkur holat yuzasidan S.K.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari o`tkazilmoqda.

 

    Boshqa yangiliklar