AsosiyDunyo

"COVID”ning uzoq davom etuvchi turi aniqlandi. Uning alomatlari qanday?

'"COVID”ning uzoq davom etuvchi turi aniqlandi. Uning alomatlari qanday?'ning rasmi

Buyuk Britaniyaning Sog`liqni saqlash tadqiqotlari Milliy instituti tomonidan o`tkazilgan tadqiqotga ko`ra, «uzoq davom etuvchi COVID» deb nomlanuvchi kasallik bir vaqtning o`zida tanaga ta`sir qiluvchi to`rt xil sindromning kombinasiyasi bo`lishi mumkin.

“Uzoq davom etuvchi COVID” atamasi koronavirusni ilk bor bir necha oy muqaddam yuqtirib olgan odamlar uning asoratlaridan hamon aziyat chekishlarini anglatadi. Olimlar ayni paytda Buyuk Britaniyada 60 ming kishi “uzoq davom etuvchi COVID” bilan yashayotgan bo`lishi mumkinligini ta`kidlashgan.

Tadqiqotchilarning aytishicha, koronavirusni yuqtirib olganidan eti oy o`tgach ham undan zarar ko`rayotgan odamlarda virusdan keyingi charchoq sindromi, reanimasiyadan keyingi sindrom, doimiy organlarning shikastlanishi va uzoq muddatli COVID sindromi yuz bermoqda.

Hozirgi kunda bolalarda “uzoq muddatli COVID” kuzatilmaydi, deyishga hech qanday asos mavjud emas. Shuningdek, virusni hech qanday belgilarsiz yoki juda engil asoratlar bilan o`tkazgan odamlar ham ushbu kasallikning uzoq muddatli zararlaridan holi, deb bo`lmaydi.

Asabiylik, tushkunlikka tushish va xotiraning susayishi “uzoq muddatli COVID”ning belgilari hisoblanadi.

Ushbu tadqiqot muallifi doktor Elaine Maksvellning aytishicha, bu vaziyatda bemorlar «tananing atrofida aylanib yuradigan» alomatlarni boshdan kechirishlari mumkin. U shunday dedi:

“Uzoq davom etuvchi COVID ning alomatlari ro`yxati juda katta. Ular tana va miyaning barcha qismini qamrab oladi”.

Maksvelning aytishicha, ayni paytda koronavirusga test topshirmagan va kasalxonada davonlanmagan ko`plab bemorlar mavjud. Aynan shunday bemorlar “uzoq davom etuvchi COVID” dan kasalxonada davolanib chiqqan odamlardan ko`ra ko`proq aziyat chekmoqdalar.

    Boshqa yangiliklar