Bosh prokuratura oldida bir guruh fuqarolar tomonidan uyushtirilgan piket yuzasidan rasmiy bayonot berildi.
Qayd etilishicha, joriy yilning 18 oktyabr kuni Bosh prokuraturaning fuqarolar qabulxonasi oldida bir guruh fuqarolar yig`ilib piket uyushtirgan.
Piketga ularning A.Meng va A.Molotyagin boshchiligidagi “International Consulting Group” platformasiga sarmoya kiritgani va firibgarlik harakatlari oqibatida moddiy zarar ko`rganliklari sabab qilib keltirilgan. Ushbu tadbirda ishtirok etgan fuqarolardan jami 33 ta murojaat qabul qilingan.
Qayd etish kerakki, A.Meng va boshqalarga nisbatan O`zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi 4-qismi “a” bandi bilan qo`zg`atilgan jinoyat ishi hozirda Toshkent shahar IIBB huzuridagi Tergov boshqarmasi ish yurituvida.
Fuqarolar tomonidan berilgan murojaatlar jinoyat ishiga qo`shib o`z vaqtida va ob`ektiv ko`rilishi Bosh prokuratura nazoratiga olingan.






