AsosiyJamiyat

Yana boshlandi! Samarqandda is gazidan yosh er-xotin vafot etdi

'Yana boshlandi! Samarqandda is gazidan yosh er-xotin vafot etdi'ning rasmi

Samarqandda is gazidan zaharlanishi oqibatida yosh er-xotin vafot etdi. Bu haqda «Xabar.uz» ma`lum qildi.

Fojia o`tgan haftaning o`rtalarida Samarqand viloyatining Paxtachi tumani Istiqlol mahalla fuqarolari yig`inidagi xonadonlarning birida yuz bergani aytilmoqda. Yashash uyi yotoqxonasiga o`rnatilgan qo`lbola usulda yasalgan isitish pechidan sizib chiqqan tabiiy gaz 26 yashar erkak va uning 23 yoshli xotinining bevaqt o`limiga sabab bo`lgan. Ularning voyaga etmagan farzandlari bor-yo`qli haqida ma`lumot yo`q.

Fojia xususida huquqni muhofaza qiluvchi organlar haligacha churq etmadi, deyilgan xabarda.

    Boshqa yangiliklar