Pnevmoniyada banka va xantal (gorchichnik)ni qo`llasa bo`ladimi? Samarasi bormi? Bu savolga Koronavirusga qarshi kurash shtabi a`zosi Sevara Ubaydullaeva javob berdi. Aslida pnevmoniyada banka va xantal (gorchichnik)ni qo`llash tavsiya etiladi. Biroq bugungi kunda koronavirus infeksiyasi keltirib chiqarayotgan pnevmoniya, ya`ni, zotiljam kasalligida bunga hojat yo`q. Banka va xantal bakteriyali va zamburug`lar chaqirgan pnevmoniyalarda, o`pka hamda bronxlarda katta miqdorda balg`amlar paydo bo`lganda, uni parchalash hamda tashqariga chiqarishda yordam berish uchun fizioteraptik muolaja sifatida tavsiya etilgan. Qolaversa, u faqatgina kasallikni tuzalish jarayonida qo`llaniladi. Biroq bugungi koronavirus kasalligida yo`tallar asosan quruq va balg`amsiz yo`tal kuzatilyapti. Koronavirus infeksiyasida hech qanday banka va xantallar va hattoki ingalyasiyalar ham tavsiya etilmaydi. Imkon qadar bunday terapiyalardan saqlangan ma`qul. Bunday muolajalar quruq yo`talni yanada kuchaytirib yuborishi mumkin. |
20.10.2020 16:23
Pnevmoniyada banka va xantal (gorchichnik)ni qo`llash samara beradimi?
Pnevmoniyada banka va xantal (gorchichnik)ni qo`llasa bo`ladimi? Samarasi bormi? Bu savolg...

Boshqa yangiliklar

JAMIYAT Bugun 09:45
Sindorov va Asaubayeva Monakodagi “Formula-1” poygasida ko‘rinish berdi.
22 yoshli Bibisara Asaubayeva yaqinda Norvegiyaning Oslo shahrida o‘tkazilgan nufuzli shaxmat turnirida g‘olib chiqib, musobaqa tarixidagi eng yosh chempionga aylangan.

JAMIYAT Bugun 09:36
O'zbekistonda qurilish kompaniyalari ustidan shikoyatlar keskin ko'paydi
2025 yil davomida mazkur yo‘nalishda 1 706 ta murojaat kelib tushgan bo‘lsa, 2026 yilning birinchi choragidayoq ularning soni qariyb mingtaga yetgan.



