Shanxay Hamkorlik Tashkilotiga a`zo davlatlar Bosh prokurorlarining yig`ilishiga O`zbekiston raislik qildi.Bu haqda Bosh prokratura xabar berdi. Bugun videokonferensaloqa orqali Shanxay Hamkorlik Tashkiloti (ShHT)ga a`zo davlatlar Bosh prokurorlarining o`n sakkizinchi majlisi bo`lib o`tdi. ![]() Majlis ishiga O`zbekiston Respublikasi Bosh prokurori Nig`matilla Yo`ldoshev raislik qildi. Tadbirda qayd etilganidek, ShHT umumiy manfaatlarni himoya qilishning samarali tizimidir. Yaxshi qo`shnichilik va do`stlikni mustahkamlash, mintaqada tinchlik va barqarorlikni ta`minlashda bu nufuzli tuzilma muhim rol o`ynamoqda. ShHT tashkil etilganidan buyon uning a`zo davlatlari o`rtasida o`zaro hurmat va tushunish, yuqori darajadagi ishonch va birgalikda qarorlar qabul qilish ruhi shakllandi. ![]() Asr tahdidi – koronavirus infeksiyasi pandemiyasiga qarshi kurashda Tashkilotga a`zo davlatlarning birdamligi va o`zaro qo`llab-quvvatlashining yuqori darajasi "Shanxay ruhi" namoyon bo`lishining yorqin namunasidir. ![]() ShHTga a`zo davlatlar rahbarlari Kengashining sammitlarida jinoyatchilikka qarshi kurashda, shu jumladan, Tashkilot a`zolari va kuzatuvchilar hamda muloqot sheriklari o`rtasidagi hamkorlikni kengaytirish va chuqurlashtirish orqali sa`y-harakatlarni birlashtirish zarurligi ta`kidlangan. ![]() Shu nuqtai nazardan, kuzatuvchi davlatlar va muloqot bo`yicha sheriklarning Bosh prokuraturalari vakillarining mazkur anjumandagi ishtiroki ShHT doirasida huquqiy sohada idoralararo hamkorlikni yanada rivojlantirish va mustahkamlashga xizmat qiladi. Prokuratura organlari o`rtasidagi o`zaro manfaatli hamkorlik umumiy maqsadga erishish, ya`ni, ShHT makonida qonun ustuvorligi va huquq-tartibotni ta`minlashning muhim omilidir. ![]() Davrimizning illatlaridan bo`lgan korrupsiyaga qarshi kurash doimiy ravishda dunyo hamjamiyati, shu jumladan ShHT davlatlari uchun dolzarb masala ekanligi inobatga olinib, tadbirda korrupsiyaga qarshi kurashning samarali mexanizmlari muhokama qilindi, o`zaro tajriba almashildi. Ushbu sohadagi mavjud muammolar konstruktiv ravishda muhokama qilinib, ularning echimi bo`yicha harakatlarni birlashtirishga qaratilgan ustuvor chora-tadbirlar belgilandi. Majlis ishtirokchilari yakdillik bilan qayd etganidek, Bosh prokuraturalarning keng ko`lamli masalalar bo`yicha birgalikdagi sa`y-harakatlari va tashabbuslari xalqaro maydonda ShHTning obro`sini va global mavqeini yanada oshirishga ham xizmat qiladi. ![]() Zotan, dunyo aholisining yarmidan ko`pini birlashtirgan ShHTning mintaqaviy va global siyosatni shakllantirishning mexanizmi sifatida Evroosiyo qit`asining xavfsizligi va barqaror rivojlanishini ta`minlashdagi o`rni mustahkamlanib bormoqda. Yig`ilish yakuni bo`yicha kun tartibidagi asosiy masalalar yuzasidan hamda ShHTga a`zo davlatlar Bosh prokurorlarining o`n to`qqizinchi majlisini 2021 yilda Hindiston Respublikasida o`tkazish to`g`risida tegishli qarorlar qabul qilindi. ShHTga a`zo davlatlar Bosh prokurorlarining o`n sakkizinchi majlisi to`liq o`zaro anglashuv ruhi va do`stona muhitda, yuqori darajada mazmunli o`tdi. Majlisda a`zo davlatlarning Bosh prokuraturalari vakillari, kuzatuvchilar va ShHT muloqoti doirasida sheriklar, shuningdek xalqaro tashkilotlar mas`ullari ishtirok etishdi. Shuningdek, ShHT Bosh kotibi Vladimir Norov, ShHT Mintaqaviy aksilterror tuzilmasi ijroiya qo`mitasi direktori Djumaxon Giyosov va Prokurorlar xalqaro assosiasiyasi prezidenti Chxol-Kyu Xvanlar ishtirokchilarni qutladi. |
ShHTGAga a`zo davlatlar Bosh prokurorlarining yig`ilishiga O`zbekiston raislik qildi
Shanxay Hamkorlik Tashkilotiga a`zo davlatlar Bosh prokurorlarining yig`ilishiga O`zbekist...












