AsosiyJamiyat

Sovuq qurol sifatida foydalanish mumkin bo`lgan ashyolarni g`ilofsiz olib yurganlik uchun javobgarlik belgilanadi

'Sovuq qurol sifatida foydalanish mumkin bo`lgan ashyolarni g`ilofsiz olib yurganlik uchun javobgarlik belgilanadi'ning rasmi

Sovuq qurol sifatida foydalanilishi mumkin bo`lgan ashyolarni g`ilofsiz olib yurganlik uchun javobgarlik belgilanmoqda.

Senat tomonidan “Jamoat xavfsizligini ta`minlashga doir qonun hujjatlari yanada takomillashtirilishi munosabati bilan O`zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o`zgartish va qo`shimchalar kiritish to`g`risida”gi Qonun ma`qullandi.

Qonun bilan bir qator qonun hujjatlariga o`zgartirishlar kiritilmoqda. Jumladan, Ma`muriy javobgarlik to`g`risidagi kodeksining 14, 245, 287-moddalari to`ldirilib, kodeksga yangi 185² va 185³-moddalari qo`shilmoqda.

185²-moddaning birinchi qismida fuqarolar tomonidan jamoat joylarida, kasbiy faoliyatda, yoki sport faoliyatida yoki xo`jalik-maishiy maqsadlarda sovuq qurol sifatida foydalanilishi mumkin bo`lgan ashyolarni ochiq holda (g`ilofsiz) olib yurganlik uchun bazaviy hisoblash miqdorining ikkidan bir qismidan bir baravarigacha miqdorda jarima jazosi belgilanmoqda.

Ma`qullangan Qonun Prezident tomonidan imzolanib, belgilangan tartibda e`lon qilingach rasmiy kuchga ega bo`ladi.

    Boshqa yangiliklar