Loqaydlik, e`tiborsizlik hech qachon yaxshilikka olib kelmaydi. Ayniqsa yosh bolalarga nisbatan e`tiborsizlik ayanchli oqibatlarga olib kelishi mumkin.
Shunday holatga misol bo`ladigan voqea Navoiyda sodir bo`ldi. Mazkur holatda ota-ona 3 oylik chaqalog`ini ikki yarim soat davomida avtomashinada qarovsiz qoldiririb ketishgan. Buning ustiga avtomashina eshiklari qulflangan bo`lgan. Oqibatda... (video) Bolaning bosh kiyimning bog`ichi nafas yo`lini berkitgani sababli, unga nafas etmay ko`kara boshlaydi.
Xo`sh, voqea qanday yakun topdi deysizmi? Yaxshiyam bu holatni atrofdagi yo`lovchilar ko`rib qolib, IIV xodimini chaqirishgan. U mashina oynasini urib sindirgan va chaqaloqning hayotini saqlab qolgan.
Bosh kiyim bog`ichi bo`ynini bo`g`maganda ham avtomashina ichida bolalarni yolg`iz qoldirish mumkin emas. Bunda avtomobil derazalari yopiq bo`lsa qisqa vaqt ichida kislorod tugab, bola hayoti xavf ostida qolishi yoki boshqa nohushlik yuz berishi mumkin. Ota-onalardan farzandlariga bee`tibor bo`lmaslikni so`rab qolamiz.
Ushbu voqea tafsilotlari haqida Zamon ko`rsatuvida xabar berildi.Video:






